"Real Madrid"ga Amerikaning Sharlotta shahri kaliti topshirildi.
Madrid klubi rahbarlari Sharlott-Meklenburg hukumat markazida bo'lib o'tgan tadbirda Sharlott shahar kengashidan kalitni oldilar.
Marosimda "Real Madrid"ning xalqaro institutsional aloqalar bo'yicha direktori Emilio Butrageno, professional futbol direktori Santyago Solari va klubning sobiq himoyachisi Roberto Karloslar ishtirok etishdi.
Ularni mer vazifasini bajaruvchi Dante Anderson qabul qildi. Bunga javoban klub vakillari unga "Real Madrid" stadioni maketini sovg'a qilishdi.
7 avgust kuni madridliklar Sharlottda "Chelsi" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.