"Tottenxem" markaziy himoyachisi Kristian Romeroni "Real"ga sotishdan bosh tortdi.
Ispan giganti bu yozda argentinalik futbolchini sotib olishga urinib ko'rdi, ammo rad javobini oldi. Jurnalist Pol O’Kifning so'zlariga ko'ra, "Los-Blankos" yil boshida Romeroni transferi borasida "shporlar"ga murojaat qilgan, ammo London klubi rahbari Daniel Levi aql bovar qilmaydigan 150 million funt sterling (taxminan 175 million evro) so'ragan.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Kristian Romeroning narxi 65 million evroni tashkil qiladi.