Jamol Musiala yangi mavsumda Chempionlar ligasidan nima kutayotgani haqida gapirdi.
"Biz juda motivatsiyalimiz. O'tgan mavsumda chempionlikni qo'lga kirita olmadik va buni boshqa boshdan kechirishni istamaymiz. Bu erda hamma g'olib, biz unvonlarni qo'lga kiritishni xohlaymiz.
Ammo butun mavsum va har bir o'yinda 100% natija bermasak, maqsadimizga erisha olmaymiz. Shuning uchun hammasi hozir boshlanadi. Hammamiz bir jamoa bo'lsak, o'yindan o'yinga olg'a boramiz".
"Real Madrid" yana Chempionlar ligasida asosiy raqib bo'ladimi?
"Menimcha, “Real” Chempionlar ligasida doim kuchli. Ularda juda yaxshi jamoa bor. Endi Mbappe ham ular bilan.
Ammo hozir biz uchun boshqa jamoalarga qarash unchalik muhim emas. Bizda yangi murabbiy va yangi futbolchilar bor. Biz o'zimizga e'tibor qaratishimiz va xohlaganimizni qilishimiz kerak. Kezi kelganda esa raqib haqida o'ylaymiz”, - deydi “Bavariya” yarim himoyachisi.