"Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Oltin to'p" sovrinini sotib yubordi.
Futbolchi nufuzli sovrinning o'zidagi nusxasini xayriya auktsioniga qo'ydi. Uni Isroilning eng boy fuqarolaridan biri Idan Ofer 600 ming evroga sotib oldi.
Endi bu mablag'lar og'ir kasallikka yo'liqqan bolalarga yordam beruvchi Make-A-Wish xayriya fondiga o'tkazib beriladi.