Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua yozgi transfer oynasida jamoaga kelib qo'shilgan yosh hujumchi Endrik haqida gapirdi. Belgiyalik yosh braziliyalikga maydonda xotirjamroq bo'lishni maslahat berdi.
"Endrik juda katta kuchga ega. Ehtimol, u biroz xotirjam bo'lishi kerak. Men uni asabiylashyapti demayman, chunki "Real"da katta o'yinlarda o'ynaganda bu normal holat. U mashg'ulotlarda ko'p gol uradi, u juda kuchli", - dedi Kurtua jurnalistlarga.
18 yoshli Endrik "Real" bilan 6 yillik shartnoma imzolagan edi. Hujumchi Madrid klubi safida 16-raqamda harakat qiladi.