Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi rahbari Xuan Luis Larrea terma jamoada hech qanday mojaro yo'qligini aytdi.
Uning gapiga ko'ra, Serxio Ramos va Jerar Pike yana til topishib ketgan.
"Pike Ispaniya terma jamoasini tark etmaydi. U erdagi muhit yaxshi. Pike va Ramos o'rtasidagi janjal? Hech qanday janjal yo'q, muammo ham yo'q", – dedi Larrea.
Eslatib o'tamiz, avvalroq, Pike va Ramos Kataloniyadagi referendum bo'yicha tortishib qolgani aytilgandi.