"Manchester Siti"ning 23 yoshli hujumchisi Erling Xoland Angliya jamoasini tark etishi mumkin.
Ispan nashrlarining yozishicha, norvegiyalik to'purar faqat bitta holatda - agar unga "Real"dan taklif tushsa, "Manchester Siti"ni tark etishni o'ylab ko'rishga tayyor. Biroq "Los-Blankos" norvegiyalik futbolchining transferini ko'rib chiqishga hozircha tayyor emas. Qayd etilishicha, "Real" prezidenti Florentino Peres va Xolandning agenti Rafaela Pimenta o'rtasida kelishuv mavjud - "Real" futbolchini 2027 yilda erkin agent sifatida imzolaydi yoki "Los-Blankos"dagi hujum etakchilaridan biri klubni tark etsa, transfer masalasini ko'rib chiqadi.
Xoland o'tgan mavsumda "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 45 ta o'yin o'tkazib, 35 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.