Luis Migel Ramisning fikricha, "Real Madrid" Eymerik Lyaportga e'tibor qaratishi kerak.
"Lyaport haqida muzokaralar bo'ldi va menimcha, uning transferi yaxshi harakat bo'lardi. U bor-yo'g'i 30 yoshda, u Evro-2024ni ajoyib o'tkazdi va "Real"da u bilan to'rtta ajoyib markaziy himoyachi bo'lardi, ikkitasi o'ngda, ikkitasi chapda.
Moliyaviy nuqtai nazardan bunday operatsiyani amalga oshirish mumkinmi yoki yo'qligini bilmayman, lekin u kafolat beruvchi tayyor futbolchi.
Hattoki, Alaba qaytishidan oldin "Real"ga yana ikkita markaziy himoyachi kerak, deb aytgan bo'lardim. Jarohatlar va diskvalifikatsiyalar mumkinligini hisobga olish kerak. Ulardan biri yuqori saviyali bo'lishi kerak, ikkinchisi yoshlar akademiyasining yigiti bo'lishi mumkin - ishonchim komilki, u erda juda yaxshi o'yinchilar bor.
Tchuameni Kroos ketganidan so'ng yarim himoyada muhimroq rolga ega bo'ladi, menimcha, uni boshqa pozitsiyada muntazam ishlatib bo'lmaydi, chunki bu uning joyi emas, u erda o'ynashni yoqtirmaydi, nemis ketganidan keyin bu bo'ladi. Aurelienni yarim himoyada qo'llash muhimroq", - dedi "Real Madrid" sobiq himoyachisi.