Karlo Anchelotti "Real Madrid" jamoasi uni hech qanday xavotirga solmasligini aytdi.
- Sizni ko'proq nima tashvishga solmoqda? Tizim, jismoniy jihat?..
- Rostini aytsam, men unchalik tashvishlanmayman. Bizda barcha pozitsiyalarda ajoyib tarkib bor, Mbappe etib keldi.
Aytib o'tganimdek, birinchi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishga vaqtimiz kam, ammo futbolchilar yaxshi formada qaytishadi. Ular qaytib kelishidan 15 kun oldin boshlanadigan dasturga ega. Eng muhimi - dam olish.
Bizda Kroos etishmayotgani tashvishlantirmoqda, lekin bizda uning o'rnini bosa olish imkoniyati bor. Aniq emas, chunki uning saviyasi juda yuqori, ammo bizda juda ko'p resurslar bor”, - dedi “Real” bosh murabbiyi.