Madridning «Real» klubi avstriyalik himoyachi David Alabani yaqin vaqt ichida sotish haqida o'ylamoqda. Bu haqda "Todofichajes" portali sahifalarida xabar berildi.
Jurnalistlarning xabar berishicha, «qirollik» klubi 32 yoshli futbolchining jarohatidan xavotirda. "Los-Blankos" lagerida ular Davidning uzoq vaqt tanaffusdan keyin avvalgi darajasiga qaytishiga shubha qilishmoqda. Alaba faoliyatini davom ettirish variantlari orasida Saudiya Arabistoni bor.
Himoyachi 2021 yilning yozidan buyon Madrid grandi safida to'p tepmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2026 yilning o'rtalarigacha hisoblanadi.