"Real" va "PSJ" klublarining sobiq darvozaboni Keylor Navas Italiya A Ceriyasi ishtirokchisi "Montsa" klubiga o'tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Janluka Di Martsioning xabariga ko'ra, 37 yoshli kosta-rikalik posbon italyan klubi bilan shartnoma imzolashdan oldin seshanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Navas shu yozda "PSJ"ni tark etdi va erkin agentga aylandi. 2023/24 yilgi mavsumda u parijliklar safida 7 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol o'tkazib yuborgan va ikkita uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
"Montsa" o'tgan mavsumda Italiya chempionatida 12-o'rinni egalladi. Jamoa bosh murabbiyi Italiya terma jamoasi safida jahon chempioni Alessandro Nesta hisoblanadi.