Hujumchi Endrik braziliyalik jamoadoshlari unga "Real Madrid"ga o'tishga tayyorgarlik ko'rishga qanday yordam berganini aytib berdi.
Kuni kecha "qirollik klubi" Endrikni ommaga rasman tanishtirdi. 18 yoshli futbolchi "Palmeyras"dan ko'chib o'tdi, uning shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
“Menda Braziliya terma jamoasida Vinisius va Rodrigo bilan birga o'ynash imkoniga ega bo'ldim. Har safar uchrashganimizda ular menga Madrid haqida, «Real»ning mashg'ulotlari, o'yinlari, o'yin ritmi haqida gapirib berishardi. Bularning barchasi uchun ulardan juda minnatdorman. Vini, Rodrigo va Militaoga yordamlari uchun katta rahmat. Umid qilamanki, bizni aql bovar qilmaydigan mavsum kutmoqda", - dedi braziliyalik yosh futbolchi.