Yirik klublar qisqa, o'rta va uzoq muddatda reja tuzadilar. "Real" yaqin vaqt ichida Dani Karvaxal bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda, bu haqda avvalroq aytib o'tgandik.
Shu bilan birga, madridliklar Karvaxalning o'rnini kim egallashi haqida allaqachon o'ylamoqda. Bu fikrlar o'rinli, chunki 2024/2025 yilgi mavsumda Dani 33 yoshga to'ladi.
AS nashri xabar berishicha, Madrid klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Ashraf Hakimiy "Real Madrid"ning nishonida. "Los-Blankos" marokashlik futbolchini 2026 yilning yozida o'z safiga qaytarishi mumkin. Aynan shu paytgacha Hakimiyning "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadi.