Madridning "Real" klubi qanot himoyachilari Dani Karvaxal va Ferlan Mendi bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, har ikki futbolchining shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
O'tgan mavsumda Karvaxal barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 12 million evroni tashkil qiladi.
Mendi 2019 yilning yozidan buyon ispan grandi safida o'ynab kelmoqda. Bu davrda u barcha turnirlarda 170 ta uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.