Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lmagan Mbappega BMW kompaniyasi elektromobil sovg'a qildi

Kilian Mbappega BMW avtomobili sovg'a qilindi.

.
- Yuklab olish

Kilian Mbappega BMW avtomobili sovg'a qilindi.

"Real Madrid" homiysi bo'lgan nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi Madrid klubining yangi futbolchisini i7 M70 xDrive rusumli elektomobil bilan ta'minladi.

Umumiy quvvati 660 ot kuchiga ega ikkita dvigatelli sedan 3,7 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi. Maksimal tezlik 250 km/soat. Akkumulyator sig'imi kamida 101,7 kVt/soatni tashkil etadi va yo'l turiga qarab 488 dan 560 km gacha bo'lgan masofani zaryadlashsiz bosib o'tish imkonini beradi.

Avtomobil yo'lovchisi o'z o'rindig'idagi iqlim nazoratini, o'rindiqlarni ventilyatsiya qilish yoki isitishni boshqarishi va massaj turini tanlashi mumkin. Faol stabilizatorlar va amortizatorlar tizimi suspenziyani moslashtirish orqali yo'lda notekislik ta'sirini yumshatish imkonini beradi.

Shiftga 31,3 dyuymli diagonali ekran o'rnatilgan bo'lib, bu funktsiya tanlanganda ochiladi. Qo'shimcha variantlarsiz mashinaning narxi 186 750 evroni tashkil qiladi.

Mbappe yo'lovchi o'rindig'iga o'tirishi kerak bo'ladi, chunki uning haydovchilik guvohnomasi yo'q.

BestMaster
28 Iyul 2024, 15:00
haydovchilik, guvohnomasiga, bolmagan, mbappega, kompaniyasi, elektromobil, sovga, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads