Hujumchi Endrik shanba kuni "Real Madrid"ning yangi transferi sifatida tanishtirildi.
Braziliyalik futbolchi voyaga etganidan ko'p o'tmay Madrid klubiga o'tdi.
Endrik 18 yoshda "Real Madrid"da bo'lish qo'rqinchlimi degan savolga javob berdi. "Agar Xudo menga bu mas'uliyatni bergan bo'lsa, u bu erda bo'lishim mumkinligini bilgan.
Endi o'qishim va ishlashim kerak. Vinisius, Kurtua va qolganlarning maslahatlarini tinglayman. Mening o'rganishim kerak bo'lgan narsa juda ko'p.
Men bosimga tayyormanmi? "Real Madrid" juda katta klub. Umid qilamanki, mavsumni yaxshi o'tkaza olaman. Men jamoaga yordam berish va o'rganish uchun shu erga keldim.
Ammo bu erda nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Men buni Xudoning qo'liga topshiraman", dedi Endrik jurnalistlarga.