"Real Madrid" bugun hujumchi Endrikni tanishtirdi. Taqdimot marosimida 18 yoshli futbolchi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hammaga xayrli kun. Bugun "Bernabeu"ga kelgan barchaga rahmat aytmoqchiman. Bunchalik ko'p odamni ko'rishni kutmagandim. Bu erdagi muxlislar aql bovar qilmaydigan darajada. Men juda xursandman, chunki bolaligimdan "Real Madrid"ga muxlislik qilganman. Endi esa "Real"da o'ynayman. Men juda xursandman, his-tuyg'ularimni tasvirlashga so'z ojiz. Men har doim shu erda bo'lishni xohlardim. Endi kuylaymiz: "1, 2, 3... Hala Madrid!" – dedi Endrik.
Eslatib o'tamiz, "Real" Endrik transferini ancha oldin e'lon qilgandi. Kelishuv futbolchi voyaga etganida amalga oshdi.