Ayni paytda braziliyalik hujumchi Endrikning “Real Madrid” futbolchisi sifatida taqdimoti bo'lib o'tmoqda. 18 yoshli futbolchi "Los-Blankos" safida 16-raqamda o'ynaydi, deb xabar beradi "Qirollik klubi" matbuot xizmati.
Endrikning Ispaniya chempioni bilan mehnat shartnomasi olti yilga tuzilgan. Hujumchi "Real"ga Braziliyaning "Palmeyras" klubidan o'tgan edi.
Transfermarkt portali xabariga ko'ra, forvardning transferi madridliklarga 47,5 million evroga tushgan. Endrik "Palmeyras" akademiyasining bitiruvchisi. U asosiy jamoa tarkibida 80 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.