Braziliyalik hujumchi Endrik "Real Madrid"dagi taqdimot marosimidan oldin tibbiy ko'rikdan o'tish uchun etib keldi. Hujumchi bugun, 27 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00da "Qirollik klubi" futbolchisi sifatida tanishtiriladi.
Eslatib o'tamiz, Endrik Madrid grandi bilan 2030 yilning o'rtalariga qadar uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzolagan edi. "Real"ga o'tishdan oldin hujumchi o'z vatanida "Palmeyras" safida o'ynagan.
U Braziliya jamoasi safida jami 80 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali Endrikning bozor qiymatini 60 million evroga baholamoqda.