«Real» va Uels terma jamoasi hujumkor yarimhimoyachisi Garet Beyl kamida bir oyga safdan chiqdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, uelslik futbolchi oyoq mushaklaridan jarohat olgan. U bu jarohatni «Borussiya» Dortmundga qarshi EChL uchrashuvi (3:1) vaqtida orttirib olgan.
Oldinroq, Beylning Uels terma jamoasiga JCh-2018 saralash bosqichining Gruziya va Irlandiyaga qarshi uchrashuvlarida yordam bera olmasligi aniq bo'lib ulgurgandi.
Joriy mavsumda Beyl Ispaniya chempionatida beshta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol kiritishga ulgurgan.