"Bavariya" chap qanot himoyachisi Alfonso Devis "Real"ga o'tishga hali rozi bo'lmadi.
Juma kuni ispan OAVlari "Los Blankos" kanadalik futbolchini kelasi yozda erkin agent sifatida qo'lga kiritishga rozi bo'lganini xabar qilishdi. Bild xabariga ko'ra, bu ma'lumot haqiqatga to'g'ri kelmaydi - ayni damda Devis va "Real" o'rtasida bo'lajak transfer bo'yicha kelishuv yo'q.
Alfonso Devis "Bavariya" bilan 2025 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti, biroq myunxenliklar klubi joriy transfer oynasida 23 yoshli futbolchini sotmaydiganga o'xshaydi. Transfermarkt xabariga ko'ra, himoyachining transfer qiymati 50 million evroni tashkil qiladi.