Eduardo Kamavinga Toni Kroos ketganidan so'ng "Real Madrid"ning asosiy futbolchisi bo'lmoqchi.
Ayni damda Frantsiya terma jamoasi safida Evro-2024da o'ynagan yarim himoyachi "Los-Anjeles"da ta'tilda.
U ta'tilni kundalik mashg'ulotlar bilan o'tkazmoqda. Futbolchi besh yildan buyon hamkorlik qilib kelayotgan shaxsiy fizioterapevti Tomas Serafina nazorati ostida qattiq mehnat qilmoqda. Ularning mashg'ulotlari, xususan, jarohatlarning oldini olishga va harakatchanlik va chaqqonlikni oshirishga qaratilgan bo'lib, bu koordinatsiyani yo'qotmasdan maydonda yo'nalishni o'zgartirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, frantsuz David Bekxem, Krishtianu Ronaldu, Serxio Aguero va Neymar bilan hamkorlik qilish va omma oldida chiqishlari bilan tanilgan Den Edvards bilan maslahatlashadi. Mutaxassis futbolchilarni tayyorlashda katta tajribaga ega.
Qayd etilishicha, 21 yoshli futbolchining yangi mavsumdagi maqsadi Toni Kroosning ketishi fonida jamoadagi o'z mavqeini oshirish. Eduardo o'yin rejasi va boshqa holatlardan qat'i nazar, doimiy asosiy tarkibdagi o'rnini qo'lga kiritmoqchi.