Madridning "Real" klubi darvozaboni Andrey Lunin kelajagi haqida hali bir qarorga kelmagan.
Madrid klubi rahbariyati bu holatdan norozi, chunki ukrainalik posbon so'nggi oylarda yangi shartnoma bo'yicha aniq javob bermayapti.
Realmadridexclusivo nashri xabariga ko'ra, "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres Luninga ultimatum qo'ygan: zudlik bilan klub bilan shartnomasini yangilash yoki klubdan ketish. Madrid klubi darvozabonni 30 million evroga sotishga tayyor.
25 yoshli Lunin o'tgan mavsumda "Real" safida barcha musobaqalarda 31 ta o'yin o'tkazdi (shundan 12 tasi o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi) va 32 ta gol o'tkazib yubordi. Ukrainalik darvozabonning ispan klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.