Madridning «Real» klubi Kepa Arrisabalaga shartnomasiga Andrey Luninni qo'shishi mumkin.
"AS" xabariga ko'ra, ukrainalik darvozabon Tibo Kurtua qaytganidan so'ng o'yin vaqti sezilarli darajada kam bo'lishini tushunib, «Real»dan ketishga moyil. Biroq klub Luninni almashtirsagina uni qo'yib yuborishga tayyor – oldingi mavsumni «Real»da ijara asosida o'ynagan Kepa Ariisabalaganing qaytishi ehtimoli yuqori.
Qayd etilishicha, «Chelsi» Luninni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, shu munosabat bilan «Real» Kepani qo'shimcha to'lov evaziga almashtirishga rozi bo'lishga tayyor. Ayni damda londonliklar Lunin borasida rasmiy taklif bilan chiqishmagan.
Avvalroq, «Real» Luninni 30 million evroga baholagani haqida ma'lumot paydo bo'lgandi. Ma'lumki, Kepa «Chelsi» bilan AQShdagi mavsumoldi turnega uchmagan va «Real Madrid»ga qaytishni istaydi.