"An-Nasr" klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Eymerik Lyaport faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
AS nashri xabariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. Lyaport Madrid klubiga o'tishni istaydi, ammo vaziyat "An-Nasr" futbolchining transferi uchun pul olmoqchiligi bilan murakkablashdi. 2023 yilda saudiyaliklar uni "Manchester Siti"dan sotib olish uchun kamida 27 million evro sarflangan.
"Real Madrid" Lyaportni sotib olishga tayyor emas, lekin agar u "An-Nasr" bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha muzokara olib borsa, uni tekinga qo'lga kiritadi.