"An-Nasr" markaziy himoyachisi Emerik Laport "Real"ning nishoniga aylandi.
30 yoshli futbolchi o'tgan mavsum oxirida "Los-Blankos"ni tark etgan Nacho Fernandesga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda. El Larugeroning so'zlariga ko'ra, Laportning o'zi Evropaga qaytish uchun maoshini bir necha marta kamaytirishga tayyor, ammo uning ketishi dargumon - "An-Nasr" bu kelishuvga qarshi.
Emerik Laport o'tgan yilning avgust oyida "Manchester Siti"dan "An-Nasr"ga o'tgan edi. Transfermarkt portali markaziy himoyachining hozirgi narxini 20 million evroga baholamoqda va uning Saudiya giganti bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.