"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl jarohati sabab 1 oyga safdan chiqdi, bu haqida Marca nashri xabar berib o'tadi.
Uelslik futbolchining oyoq mushaklaridagi jarohati yana qaytalagani aniqlandi. Bu jarohat Beylni "Real"ga o'tganidan beri qiynab kelmoqda.
Endilikda 28 yoshli futbolchi Uels terma jamoasiga ikkala o'yinda ham yordam bera olmaydi, shuningdek, Ispaniya chempionatidagi bo'lajak o'yin va "Tottenxem"ga qarshi Chempionlar Ligasidagi baxsni ham o'tkazib yuboradi.