Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata "Milan" futbolchisiga aylandi va bu transfer nafaqat Morata o'tgan mavsumni o'tkazgan "Atletiko Madrid"ga, balki "matraschilar"ning eng ashaddiy raqibi - "Real Madrid"ga ham foyda keltiradi.
Ilgari Alvaro "Real"da o'ynagan, shundan beri "Los Blankos" Morata huquqini qisman saqlab qolgan. Shuning uchun, ular ham pul topishadi - lekin ko'p emas, atigi 390 ming evro. Bu ma'lum bir futbolchini tarbiyalagaan klublarga to'lanadigan "birdamlik solig'i" deb ataladi. Gap 13 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan aniq klubda o'ynash haqida ketmoqda. Bu maydondagi raqiblar - "Atletiko" va "Real Madrid" o'rtasidagi o'zaro manfaatli qiziq voqea.