Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos so'nggi o'n yilini "Real"da o'tkazgan holda faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Uning jamoadaoshi urugvaylik Federiko Valverde sherigining ketishidan qattiq qayg'urdi.
"Toni haqida gap ketganda, menda so'z yo'q. Uning yonida o'ynash men uchun shunchaki orzu bo'ldi, endi u ko'proq o'ynashi mumkin bo'lganida ketganidan afsusdaman. Ammo bu ayni paytda uning eng yuqori professionalligini ko'rsatadi. Toni mening kumirim" - dedi Valverde The Residency nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya La ligasining yangi mavsumi 15 avgust kuni boshlanadi.