"Real"ning sobiq futbolchisi Xames Rodriges Ispaniyaga qaytishi mumkin. 33 yoshli hujumkor yarim himoyachi "San-Paulu" bilan shartnomasini bekor qilishga rozi bo'ldi. Kolumbiyalik erkin agent sifatida yangi klubga o'tishi mumkin bo'ladi.
Sport.es nashri xabariga ko'ra, Amerika Kubogi-2024 musobaqasining eng yaxshi futbolchisiga hozirda "Atletiko", "Vilyarreal", "Betis" va "Selta" klublari qiziqish bildirmoqda. Xames Rodriges 2014 yildan 2020 yilgacha "Real"ga tegishli edi.
Umuman olganda, futbolchi "Los Blankos" tarkibida 125 o'yinda 37 ta gol urgan va 42 ta golli uzatmani amalga oshirgan.