"Real Madrid"ning yangi futbolchisi Endrik Ispaniya poytaxtida bo'lgan birinchi kunlaridan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Braziliyalik futbolchi 21 iyul kuni 18 yoshini nishonlaganida nihoyat "Los Blankos" futbolchisiga aylandi. Bungacha forvard o'z vatanida “Palmeyras” safida to'p tepgan.
“Menga Madriddagi hamma narsa yoqadi. Men bu shaharda avval ham bo'lganman, hozir esa shu erda uyim bor. Madridda juda yaxshi odamlar bor.
Terma jamoa qarorgohida bo'lganimizda, men muntazam ravishda braziliyalik jamoadoshlarim bilan suhbatlashardim va ular menga ko'p narsalarni aytib berishdi", - deydi Endrik.