Madridning “Real” klubi yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar markaziy himoyachi lavozimiga Aymerik Laport va Mats Xummelsni nomzod sifatida ko'ryapti.
The Athletic xabariga ko'ra, "Real Madrid" Leni Yoro "MYu" bilan shartnoma imzolaganidan so'ng Laportga yana qiziqish bildirgan.
Italiya nashrining ta'kidlashicha, "Real Madrid" erkin agentga aylanganidan beri 35 yoshli Xummels bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
"Real Madrid" uchun 30 yoshdan oshgan o'yinchilar bilan shartnoma imzolash odatiy hol emas, ammo ikkala himoyachi ham elita darajasida g'alaba qozonish bo'yicha ulkan tajribaga ega: Laport Premer-liga, Chempionlar Ligasi va Evroda, Xummels esa Jahon chempionatida g'olib chiqqan.