Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior “Manchester Yunayted” qiziqishlari doirasiga tushgani haqida avvalroq xabar bergan edik, bu haqda Defensa Central nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "mankunianliklar" klubi rahbariyati braziliyalik yulduz bilan shartnoma imzolashga jiddiy kirishgan.
"Manchester Yunayted" Vinisiusga 5 yillik shartnoma taklif qilmoqda, unga ko'ra u 200 million evro ishlab oladi.
Oldinroq inglizlar Vinisius transferi uchun 180 million to'lashga tayyor ekani xabar qilingandi. Yana 50 million bonus sifatida berilishi mumkin.