Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior vaqti-vaqti bilan transfer haqidagi mish-mishlarga sabab bo'lmoqda.
TodoFichajes portalining yozishicha, "Manchester Yunayted" braziliyalikni o'z safida ko'rmoqchi. "Old Trafford"da klub rahbarlari barcha musobaqalarda raqobatbardosh bo'ladigan orzu jamoani yaratishga umid qilmoqda.
Manbaga ko'ra, "Manchester Yunayted" Vinisius uchun 180 million evro to'lashga tayyor. Yana 50 million bonus sifatida shartnomaga kiritilishi mumkin. "Qizil iblislar" Vinisiusning o'ziga mavsum uchun 40 million evro taklif qilishga tayyor. "MYu" Kilian Mbappening "Real"ga kelishi tufayli Vinisiusni ishontira olishlariga umid qilishadi. Shu bilan birga, 24 yoshli forvardning o'zi ham hozir ketish haqida o'ylamayapti - u Mbappe kelishi bilan klubdagi mavqeini yo'qotib qo'ymasligiga ishonmoqda.