"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga 2023/24 yilgi mavsumni ijara asosida o'tkazgan "Real Madrid"ga qaytishi mumkin.
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareskaning rejalarida Kepaga o'rin yo'q, dunyoning eng qimmat darvozaboni esa yangi mavsumga "ko'klar"ning asosiy jamoasidan alohida tayyorgarlik ko'rmoqda.
Kepa o'tgan mavsumni tiklangan Tibo Kurtua va Andrey Lunindan keyin "Real Madrid"ning uchinchi darvozaboni sifatida yakunladi, shuning uchun ispan grandi uning vatandoshini sotib olmasliklari kutilgandi.
Biroq Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, Lunin shu yozda "Real"ni tark etishi ehtimoli yuqori. Madridliklar 25 yoshli ukrainalik futbolchi yangi shartnoma imzolamasa, uni sotishga tayyor.
Kepa bu vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda va "Real Madrid"ga qaytishni istamoqda.