Myunxenning "Bavariya" klubi faxriy prezidenti Uli Xyoness nemis top-klubining yangi transferlari haqida gapirdi.
"Agar kimdir jamoani tark etmasa, boshqa xaridlar bo'lmaydi. Klubda bir tiyin ham yo'q", - dedi Xyoness.
Avvalroq matbuotda kanadalik himoyachi Alfonso Devis myunxenliklarni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Tomonlar kelasi yozda tugaydigan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olishmadi. "Real Madrid" shartnoma imzolashga qiziqmoqda. "Bavariya" o'tgan mavsumda yomon o'ynadi va Bundesliga turnir jadvalida uchinchi o'rinni egalladi.