Turkiyalik umidli yarim himoyachi Arda Gyuler “Real”ni tark etishi mumkin. Diario xabariga ko'ra, 19 yoshli futbolchiga Leverkuzenning "Baer" klubi qiziqmoqda.
Nemis klubi rahbariyati yarim himoyachining ijarasi borasida Madridning “Real” klubi bilan kelishib olmoqchi. Biroq bu transferga na Gyuler, na “qirollik” klubi qiziqmoqda.
O'tgan mavsumda Arda Ispaniya chempionatining o'nta o'yinida qatnashib, oltita gol urgan. Yarim himoyachining "Los-Blankos" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.