Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin joriy transfer oynasida "Real"ni tark etishi mumkin.
Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda. Manbaning xabariga ko'ra, "qirollik" klubi rahbariyati futbolchining transferi uchun tovon puli miqdori haqida qaror qabul qilgan.
“Los-Blankos” darvozabonni sotishdan taxminan 30 million evro ishlab olmoqchi. Lunin va Madrid giganti o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati kelasi yilning o'rtalarigacha hisoblangan.