Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo Ispaniya qonun organlarining soliq to'lash borasidagi muammolariga o'ralashib qoldi, deya xabar beradi El Mundo Deportivo.
Braziliyalik futbolchi 2013 yilda qonunni buzgan, endi soliq organlari undan 400 ming evro talab qilmoqda. Haqiqatdan ham o'sha vaqtda Marselo bunday muammolarga uchragandi, biroq ishlar yopilib ketgan.
Ayni damda Marselo jarohatidan tuzalmoqda. Braziliyalik futbolchi uch haftadan keyin safga qaytishi kutilmoqda.