Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin Londonning “Chelsi” klubiga o'tishga bir qadam qoldi, deya xabar bermoqda jurnalist Alberto Pereyro. Manbaga ko'ra, o'tgan mavsumni Madrid klubida ijara asosida o'tkazgan Kepa Ispaniyaga qaytadi.
25 yoshli ukrainalik darvozabonning "Real" bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uni 25 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda Lunin barcha turnirlarda 31 ta o'yinda qatnashib, 12 bor o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va 32 ta gol o'tkazib yubordi.