Luka Modrich "Real Madrid" prezidentiga u uchun qilgan barcha ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
17 iyul kuni xorvatiyalik yarim himoyachi Madrid klubi bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi.
“Florentino men uchun juda muhim shaxs. Kelganimdan beri men uchun qilgan barcha ishlari uchun Prezidentimizga faqat minnatdorchilik bildiraman.
U faoliyatimni "Real Madrid"da davom ettirishimga yordam berdi. U hali ham menga ishonadi va men uchun juda ko'p narsani anglatadi. U dunyodagi eng yaxshi prezident.
Uning "Real Madrid" bilan qilgan ishi... u buni aql bovar qilmas darajaga olib chiqdi. Uning men uchun qilgan ishlaridan faqat minnatdor bo'lishim mumkin", - dedi Modrich "Real Madrid" klubi televideniesiga bergan intervyusida.