«Real»ning sobiq futbolchisi Toni Kroos Madrid klubidagi faoliyati davomida qaysi futbolchilarni eng yaxshi sherik deb bilishini aytdi.
Sobiq futbolchi bitta o'yinchini ajratib ko'rsatish unga qiyin bo'lganini tan oldi, shu bois kuchli uchlikni tanlashga qaror qildi.
«Men Ronaldu, Ramos va Modrichning ismini aytaman», dedi Kroos o'zining «Einfach mal Luppen» podkastida.