Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" futbolchilar transferida aqlli yo'l tutadi

.
- Yuklab olish

«Real»ning bir odati bor - raqobat tufayli futbolchiga majburan oshiqcha pul to'lashni istamaydi. Avval futbolchi bilan kelishib, faqat «Real»ga o'tishga ko'ndiradi  uyog'iga, bir o'zi qolgach, kuchli pozitsiya evaziga istagan narxiga klubni rozi qiladi. Bu fishka ko'pincha, shartnoma muddati bir yil qolgan futbolchilarga ishlaydi. Futbolchi «Real»ga o'tmoqchi bo'lib, yangi shartnomaga ko'nmagach, klub tekin bermaslik uchun «Real» narxiga ko'nishdan boshqa chorasi qolmaydi.

Oxirgisi Kamavinga bilan bo'lgandi. 18 yoshida Frantsiya terma jamoasida debyut qilgan futbolchini atigi 30 million evroga olgan. 31 avgust kuni  kelishuv amalga oshgan, bir kun kech qolinganda, «Renn» o'z yulduzi uchun pul ololmay qolardi.

Eng mashhur voqea Krishtianu bilan bog'liq. Aleks Fergyuson o'z avtobiografik kitobida batafsil yozgan:

2008 yilda «MYu» Chempionlar Ligasini yutgach, Ronaldu «Real»ga o'tishga qaror qiladi. Madridliklar bilan kelishgach, MYu bilan bir yil muddat qolgan shartnomasini uzaytirmaydi. Inglizlar ham transferga rozi bo'lishadi. Ammo «Real» «Oltin to'p»ning yagona nomzodiga 30 million evro taklif qiladi. «MYu» bir yil o'tib tekinga qo'yib yuborishni istamasligini bilgan «Real»ning qo'lida kozir bor edi - Ronalduning istagi.

Ammo yana bir muhim faktor bor ediki, «Real» hisobga olmadi. Krishtianu o'z faoliyati uchun Fergyusondan o'zini qarzdor bilar, otasidek yaxshi ko'rardi. Fergyuson bu shartlarda Ronalduni «Real»ga ketishiga aslo rozi bo'lmasdi. U Ronalduga yana bir yil qolishni so'raydi - «o'g'lim, sen «Real»ga o'tasan, lekin bu safar emas, men seni Kalderonga sotmayman» deydi.

Ronaldu qoladi va mavsum boshida yangi shartnoma ham tuzadi. Bir yil o'tib «MYu» Ronalduni o'zi istagan narxda, salkam yuz millionga sotishga erishadi. U paytda Kalderon o'rnini Peres egallagandi.

Leni Yoro bilan ham o'xshash voqea sodir bo'ldi. «Real» Yoroning Madridni xohlayotganidan foydalanib, «Lill»ga yo 25 million beramiz yo kelasi yili tekinga olamiz, dedi. Tarkibida uch nafar top markaziy himoyachisi bo'lgan «Real» uchun bu transfer shoshilinch emas. Go'yoki frantsuz klubida boshqa variant qolmadi.

Ammo «MYu» vaziyatga aralashib, juda tez harakat qilgani hammasini buzib yubordi. Klub «Lill»ga 50 million evro taklif qildi. Tabiiyki, frantsuzlar «Real»ning changalida qolib ketishni istamay, Leni Yoroni Manchesterga o'tishga ko'ndirishga harakat qildi. Yosh futbolchi o'zi ulg'aygan klub uchun ham yaxshi yakun bo'lishini istaydi, albatta.

Frantsuzlar «Real»ning oldidan o'tgan bo'lishiyam shubhasiz. «Real» o'sha pulni bersa, futbolchi yana Madridni tanlashiyam aniq. Ammo yuqorida aytganimdek, «Real» kuchaytirilishi ayni paytda shart bo'lmagan pozitsiya uchun 50 million sarflamaydi, ikkinchidan, klub raqobat auktsionida ortiqcha pul to'lashga odatlanmagan.

BestMaster
18 Iyul 2024, 16:00
futbolchilar, transferida, aqlli, tutadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads