"Real Madrid" o'zining rasmiy saytida bayonot berdi.
Marca nashrida aytilishicha, jamoa futbolchilari Vinisius Junior va Antonio Ryudigerni haqorat qilgan shaxsga nisbatan hukm chiqarilgan.
Ya'ni, futbolchilarga nisbatan haqoratlar turlicha bo'lgan, jumladan irqchilik yuzasidan ham. Sud shu insonni sakkiz oylik qamoq jazosiga hukm qildi.
Bundan tashqari, huquqbuzarga yigirma oy davomida ijtimoiy tarmoqdan foydalanish taqiqlandi.