"Madrid" yarimhimoyachisi Garet Beyl navbatdagi jarohati sabab Uels terma jamoasi bazasini tark etdi, bu haqida Sky Sports nashri xabar berib o'tadi.
Xabarlarga ko'ra, Beylning jarohati qaytaladi va hozirda tibbiy tekshiruvlardan o'tmoqda, uning to'liq safga qaytishi uchun bir nechta xafta ketishi aytib o'tildi.
Eslatib o'tamiz, "Borussiya Dortmund"ga qarshi uchrashuvda Beyl jarohat olgan edi, biroq jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan uning jarohati jiddiy emasligi, ammo extiyot shart "Espanyol"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishini aytib o'tgan edi. Xattoki Beyl kecha Uels terma jamoasining mashg'ulotida ham ishtirok etishga ulgurgan.