Kilian Mbappe "Real Madrid" bilan Amerika Qo'shma Shtatlaridagi mavsumoldi turnesiga bormaydi.
Madridliklar 28 iyul kuni AQShga safar qiladi va “Milan”, “Barselona” va “Chelsi”ga qarshi uchta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
Klub qaroriga ko'ra, Kilian sayohat qilish o'rniga 7 avgustdan boshlab Valdebebasdagi bazada yangi jamoadoshlari bilan mavsumoldi mashg'ulotlarini boshlaydi. Klubning futbolchi bilan birgalikda ishlab chiqqan rejasiga ko'ra, frantsiyalik futbolchi 14 avgust kuni Varshavada “Atalanta”ga qarshi UEFA Superkubogida o'ynashi kerak.
Qayd etilishicha, madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va Mbappening o'zi yangi klubda ish boshlashdan oldin unga jismoniy va ruhiy dam olish imkoniyatini berishni maqsadga muvofiq deb bilishgan.