Leni Yoro "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi.
"Lill" himoyachisi tibbiy ko'rikdan o'tish va "mankunianliklar" bilan shartnoma shartlarini kelishib olish uchun Buyuk Britaniyaga etib keldi, deb xabar beradi The Athletic nashri.
Ma'lum bo'lishicha, Angliya va Frantsiya klublari 18 yoshli futbolchining transferi bo'yicha 50+12 million evroga kelishib olgan.
Yoroga "Real Madrid" ham qiziqish bildirmoqda. Dastlab frantsuz Madrid klubiga o'tmoqchi edi, ammo "Los Blankos" "MYu" taklifi bilan taqqoslanadigan miqdorni to'lashga tayyorligini bildirmadi.
O'tgan mavsumda Liga 1da Leni 32 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.