"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga Saudiya Arabistonidan foydali taklif oldi.
"Real Madrid"da ijarada o'ynab qaytgan ispaniyalik futbolchi "ko'klar"ning rejalariga to'g'ri kelmaydi va shuning uchun yaqin haftalarda sotilishi mumkin.
Jurnalist Rudi Galettining xabar berishicha, darvozabonga “Al-Ittihod”dan rasmiy taklif tushgan. Saudiya klubi 29 yoshli futbolchiga yiliga taxminan 7 million evro to'lashga tayyor. "Chelsi" bilan ham muzokaralar davom etmoqda.