Ispaniya terma jamoasi himoyachilari Jerard Pike va Serhio Ramos janjallashib qolishdi.
AS nashri xabariga ko'ra futbolchilar Kataloniyada o'tkazilgan referendum haqida tortishib qolishgan. Shuningdek, Ramos Pikega terma jamoadagi muhitni buzmaslikga chaqirgan, albatta bu gap Pike yoqmagan tabiiy. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish kerakki kecha Ispaniya terma jamoasi mashg'ulotlarini tomosha qilish uchun kelgan muxlislar Pikega nisbatan qattiq xushtakbozlik va xaqoratli so'zlar ishlatishdi.
Ma'lumot uchun, Jerard Pike oldinroq terma jamoada uni muhitni buzadi deb o'ylashsa bajonidil termadan ketishi mumkinligini aytib o'tadi. Biroq shu o'rinda Ispaniya terma jamoasi libosida to'p surganidan faxrlanishi ham aytib o'tgan.