Madridning "Real" klubi yozgi transfer oynasida hujumchilaridan biri bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Todofichajes portali xabariga ko'ra, "Qirollik klubi" boshliqlari 23 yoshli hujumchi Xuan Latasani sotmoqchi. O'tgan mavsumda futbolchi Ispaniyaning boshqa bir klubi "Xetafe"da ijara asosida o'ynadi.
Latasa Ispaniya chempionatining 32 uchrashuvida ishtirok etib, ikkita gol urgan. 2023/2024 yilgi mavsum yakunida hujumchi "Los-Blankos"ga qaytdi. Futbolchining "Real" bilan shartnomasi kelasi yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uning narxini 2,8 million evroga baholamoqda.